«Arsenal» «Ayntraxht» yarim himoyachisi transferi ustida ish boshladi
«Arsenal» 20 yoshli «Ayntraxt» yarim himoyachisi Jan Uzunni qishki transfer oynasida 60 million yevro atrofida sotib olishni rejalashtirmoqda.
«Ayntraxt»ning hujumkor yarim himoyachisi Jan Uzun faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida CaughtOffside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «kanonirlar» 20 yoshli futbolchini transfer qilish imkoniyatini o‘rganishni boshlagan. Biroq turkiyalik futbolchining holatini «Aston Villa», «Brayton» va «Everton» klublari ham kuzatib bormoqda. Ta’kidlanishicha, Germaniya klubi o‘z iste’dodli futbolchisi uchun taxminan 60 million yevro talab qilishi mumkin.
Uzun joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining «Ayntraxt» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan

Izohlar (0)