
"Arsenal" "Barsa" himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Arsenal" Erik Garsiyani sotib olish niyatida. "Kanonirlar" uni qishki transferlar oynasida o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilgan, ammo ushbu transfer amalga oshmagandi. Londonliklar yozda yana bir bor himoyachini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi, deya xabar berdi "Mundo Deportivo" nashri.
Garsiyaga ushbu mavsum Xavi juda kam o‘yin amaliyoti bermoqda. U "Barsa" tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi. Ispaniyalik himoyachi ko‘proq maydonga tushishni istaydi va boshqa klublardan keladigan takliflarni eshitishga tayyor.
22 yoshli himoyachiga Premer-liga begona emas. Erik 2021 yilda "Manchester Siti"ni tark etib, kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar