“Arsenal” bir yulduz uchun 80 million funt to‘lamaydi
Sal insof bilan narx bching
Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” rahbariyati “Nyukasl” sardori Bruno Gimaraes uchun 80 million funt sterling to‘lash niyatida emas.
O‘tgan hafta hatto BBC ham tasdiqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, “Arsenal” braziliyalik futbolchi uchun 70 million funtlik taklif tayyorlayotgani aytilgan edi.
Bir kun o‘tib, ijtimoiy tarmoqlarda agar “qarğalar” bu taklifni ham rad etilsa, “Arsenal” summani 80 million funtgacha oshiradi, degan xabarlar tarqaldi.
Biroq The Chronicle nashri ma’lum qilishicha, 70 million funt “Nyukasl”ni Gimaraesni sotishga ko‘ndira olmaydi. Shu bilan birga, London klubiga yaqin manbaga ko‘ra, “Arsenal” taklifni 80 million funtgacha oshirishni rejalashtirmayapti.
Ayni paytda vaziyat shundayki, Bruno Gimaraes shu juma kuni ta’tildan qaytib, “Nyukasl”ning mavsumoldi yig‘iniga qo‘shilishi kerak. Faqat klublar kelishuvga yaqinlashgan taqdirdagina unga qo‘shimcha ta’til berilishi mumkin.

Izohlar (0)