
"Arsenal" chorak asrda ilk bor mavsumni kuchli oltilikda yakunlay olmadi
Kecha “Arsenal” APLning 37-turida safarda “Aston Villa”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
E’tiborlisi, “kanonirlar” shu tariqa so‘nggi 25 yilda ilk bor mavsumni kuchli oltilikdan pastda yakunlaydigan bo‘lishdi. Boisi, “Arsenal” mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganida 53 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda va ularning 6-o‘rinda borayotgan “Vulverxempton” (59) bilan ochkolari farqi 6 tani tashkil etadi.
Ammo, Mikel Arteta jamoasi bu mavsum sovrin qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Boisi, ular 1 avgust kuni “Chelsi”ga qarshi Angliya kubogi finalida ishtirok etadi.
Fikrlar