“Arsenal” Gvardiola kutayotgan futbolchini tortib olmoqchi
Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” klubi rahbariyati jamoa himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida “Nyukasl Yunayted”ning o'ng qanot himoyachisi Valentino Livramentoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Londondiklar 23 yoshli futbolchini kelasi yozda sotib olish variantni ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi The Sun.
Manbaga ko'ra, “kanonirlar” bu futbolchiga “Manchester Siti” anchadan beri ko'z tikayotganini biladi va shunga qaramay, himoyachi uchun kurashda “shaharliklar” bilan raqobatlashishga tayyor.
“Nyukasl” grand klublar e'tiboridan foydalanib, mo'may daromad ishlab olmoqchi. O'tgan yoz “qarğalar” Livramentoni 60 million funtga baholagan edi. Himoyachiga talab oshib borayotganini inobatga olsak, bu summa yana ko'tarilishi mumkin.
Livramentoning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Valentinoning ayni paytdagi bozor qiymati 40 mllyon evroni tashkil qilayapti.
Fikrlar