
"Arsenal" hujumchisiga narx belgiladi
"Arsenal" yozda bir qator transferlarni amalga oshirishi tufayli ayrim futbolchilar klubni tark etishi kutilmoqda. Ular orasida o‘tgan mavsumni "Reyms"da ijara asosida o‘tkazgan Florian Balogun ham bor.
Insayder Alan Nikson xabar berishicha, Balogunnig transferidan "kanonirlar" 35 million funt ishlab olishni reja qilgan. Unga "Leyptsig", "Milan" va "Kristal Pelas" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda. AQShlik futbolchining o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi.
Ta’kidlash joiz, yakuniga etgan mavsumda Bolagun "Reyms" tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar