“Arsenal”: Jarohati jonga tegdi, bu yulduzni yo‘qotamiz!

  • 19.02.2026 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan va bu mavsum chempionlikka asosiy da’vogar hisoblangan “Arsenal” rahbariyati yozgi transferlar davrida italyalik himoyachi Rikardo Kalafyorini sotib yuborishga qaror qildi.

Klub mutasaddilari 23 yoshli futbolchining doimiy jarohatlaridan xavotirga tushgan va undan tezroq qutilmoqchi. Bu haqida Football Insider nashri jurnalistlari xabar berdi.

Rikardo Kalafyori yaqinda jarohatidan tuzalib, Angliya kubogi doirasida “Uigan” bilan bo’ladigan uchrashuvga tayyorlanish jarayonida yana yangi jarohat orttirib oldi.

Italyalik futbolchi “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Jenoa”, “Bazel” va “Bolonya”da ham to’p tepgan.

“Arsenal” bu himoyachini 2024 yilning yozida “Bolonya”dan 45 million yevroga sotib olgan va besh yillik shartnoma imzolagan.

Rikardo Kalafyori joriy mavsumda barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, bitta gol va uchta assist muallifi ham bo’ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!