"Arsenal" katta umidlar bilan transfer qilgan futbolchisini tekinga qo‘yib yubordi
Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachi Genrix Mxitaryan faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "to‘pchilar" futbolchi bilan shartnomani bekor qilib, xayrlashgan.
Mxitaryan faoliyatini Italiyaning «Roma» klubida davom ettiradi. U Rimda 2019 yilning sentyabridan beri ijara asosida to‘p tepmoqda.
Fikrlar