Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Arsenal" manchesterliklar himoyachisini chaqiryapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Artetaga shu oʻyinchi kerak

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Leni Yoro yaqin vaqt ichida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida insayder Mark Brus xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, fransuz futbolchisi «Yunayted»dagi mavqeidan mamnun emas. U doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli jamoani tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Leni Yoroga eng jiddiy qiziqishni «PSJ» namoyon etmoqda. Parij klubi himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirar ekan, Yoroni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, futbolchiga Londonning «Arsenal» jamoasi ham da'vogarlik sifatida qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, Yoronning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko‘ra, 19 yoshli himoyachining bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q