
"Arsenal" mavsum kashfiyotlaridan biri bilan shartnomani uzaytiradi
“Arsenal” klubi himoyachi Vilyam Saliba bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Frantsiyalikni amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi.
Saliba 2019 yildan beri "to‘pchilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u “Marsel” klubida ijarada to‘p tepdi va o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.
Mikel Arteta bu mavsum himoyachi sotib olmadi. U Salibaga ishonch bildirmoqda. Futbolchi ham klubda o‘zini yaxshi his qilmoqda. Arteta 21 yoshli fulbekni Premer-liganing barcha turida maydonga tushirdi. Qizig‘i, u tushgan o‘yinlarining barchasida 90 daqiqadan harakatlangan.
Fabritsio Romano berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, yozgi transferlar oynasida “Barsa” Kundeni sotib olmaganida, Saliba variantini ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan.
Fikrlar