Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Arsenal»ning yangi hujumchi bilan kelishuvi amalga oshmadi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Bryugge» 22 yoshli nemis hujumchisi Nikolo Tresoldini qishki transfer oynasida «Arsenal» va boshqa klublarga sotmasligini ma'lum qildi.

Belgiyaning «Bryugge» jamoasi 22 yoshli nemis hujumchisi Nikolo Tresoldi qishki transfer oynasida sotilmasligini ma’lum qildi. Het Nieuwsblad nashri yozishicha, klub bu qarorni Londonning «Arsenal» jamoasi tomonidan bildirilayotgan jiddiy qiziqishga qaramasdan qabul qilgan.

Manbalarga ko‘ra, Tresoldiga faqat «Arsenal» emas, balki «Chelsi», «Manchester Siti» va «Liverpul» ham ko‘z tikkan. Shu bilan birga, insayderlar ma’lumoticha, «Bryugge» yaqinlashayotgan qishki transfer davrida hujumchi bo‘yicha kelib tushadigan har qanday taklifni, hatto juda katta mablag‘ taklif etilsa ham, rad etish niyatida.

Tresoldi 2025 yildan beri «Gamburg» klubidan o‘tib, «Bryugge» sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda u jamoa safida 14 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q