"Arsenal" Ramosga qanday shartnoma taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

  • 9 iyul, 2021, 21:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xorij ommaviy axborot vositalari "Arsenal"ning "Real" bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan Serxio Ramosga qanday taklif bilan murojaat qilganidan xabar topishdi.

Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, "kanonirlar" 35 yoshli ispaniyalik futbolchiga yiliga 17 million evro maosh va "2+1" ko‘rinishida shartnoma taklif qilishgan. Yakunda Ramos yiliga 12 million evro + bonuslar taklif qilgan PSJ bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Ramosning "Arsenal"ni tanlamaganiga asosiy sabab, bu “kanonirlar”ning yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etmasligi bo‘lgan.

Serxio Ramos “Real” tarkibida 2005 yildan buyon harakat qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!