«ARSENAL» «REAL MADRID» YARIM HIMOYACHISINI SOTIB OLMOQCHI!
«Arsenal» «Real» yarim himoyachisi Arda Gyulerni taxminan 100 million yevro evaziga sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.
Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati Madridning «Real» jamoasi va Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arda Gyularga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Angliya chempioni hisoblangan «Arsenal» hujum chizig‘ining yon tomonlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Asosiy transfer maqsad sifatida «RB Leyptsig» safida to‘p surayotgan norvegiyalik Antonio Nusa ko‘rilmoqda. Agar leyptsiglik klub bilan kelishuvga erishilmasa, londonliklar e’tiborini 21 yoshli turk futbolchisi Arda Gyularga qaratmoqchi.
Mutaxassislar hozircha Turkiya terma jamoasi yosh yulduzining ehtimoliy transfer qiymatini taxminan 100 million yevro atrofida baholamoqda. Bu esa Gyulerni Yevropa bozoridagi eng talabgir yosh futbolchilardan biriga aylantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Arda Gyuler Ispaniya chempionati doirasida «Real» tarkibida yetti o‘yinda maydonga tushdi. U shu o‘yinlarda bir bor gol urdi va ikki marta golli uzatma berdi.

Izohlar (0)