"Arsenal" "Real"ning ikki yosh himoyasiga kuzatuv o‘rnatdi
Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachilar Xakobo Ramon va Viktor Valdepenyasga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"CaughtOffside" xabariga ko‘ra, "to‘pchilar" Madriddning "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan har ikki futbolchining rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
21 yoshli Xakobo Ramon o‘tgan yozdan buyon Italiyanning "Komo 1907" klubida to‘p surmoqda. 19 yoshli Viktor Valdepenyas esa hozircha o‘zining ona klubi — "Real" safida qolmoqda.
Har ikki ispaniyalik yosh himoyachi Angliya grandi uchun kelajakdagi ehtimoliy transfer maqsadlari sifatida ko‘rilmoqda.
Transfermarkt mutaxassislari bahosiga ko‘ra, Ramonning bozor qiymati 25 million yevro, Valdepenyasniki esa 5 million yevroga teng. Ularning amaldagi shartnomalari mos ravishda 2030 va 2029 yilgacha davom etadi.
Fikrlar