"Arsenal" sobiq yulduzi Maykl Olisening oʻyinni alohida eʼtirof etdi

  • 08.04.2026 18:58
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" hamda Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Tyerri Anri "Bavariya" hujumchisi Maykl Olisening oʻyiniga baho berdi. 

"Maykl boshqa futbolchilarga oʻxshamaydi. Unga mikrofon berilganda u uyalib qolishi mumkin. Lekin uning muayyan fikrlashi tarzi va hayotga qarashi bor. Olise maydonda  toʻpni qabul qilib olganda koʻpchilik koʻra olmaydigan narsani koʻradi. U koʻpincha maydonni koʻz bilan emas miyasi bilan koʻradi. U toʻp darvozabonidan uzoqlashganda nima boʻlishi mumkinligini tasavvur qilishga harakat qiladi. 

Maykl dribling qilishni yaxshi koʻradi, buni hammamiz bilamiz. Lekin u oʻyinni ham, hayotni ham oʻzicha koʻradi. Shuning uchun maydondan tashqarida odamlar baʼzan uni tushunmaydilar. Lekin u yoqimli va ajoyib yigit. Maydon tashqarisida u koʻp gapirmaydi, lekin maydonda toʻp unda boʻlganda, u oʻz oʻyini bilan juda yaxshi gapiradi”, - dedi frantsiyalik sobiq futbolchi 

Maʼlumot uchun, frantsiyalik futbolchi joriy mavsum nemis grandi safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol kiritdi va 29 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻyishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!