
"Arsenal" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
APL 8-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Kristal Pelas" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur o‘yinda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.
Dastlab, 8-daqiqada Obameyang hisobni ochdi. 50-daqiqada Benteke muvozanatni tikladi. 73-daqiqada Eduar gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lyakazett "kanonirlar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ushbu natijadan keyin Arteta shogirdlari ochkolarini 11 taga etkazib olib, 12-o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. "Kristal Pelas"da ayni damda 8 ochko bor va ular 14-pog‘onaga joylashgan.
Fikrlar