“Arsenal” tezda katta transferni yakunlamoqchi
Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal” iyul oyi tugamasidan oldin “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimaraesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda.
Talksport nashri ma’lumotiga ko‘ra, Gimaraes “Arsenal”ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi va klub rahbariyati allaqachon “Nyukasl” bilan og‘zaki muzokaralarni boshlab yuborgan.
Xabar qilinishicha, “to‘pchilar” braziliyalik futbolchi uchun uch marta og‘zaki taklif bildirgan. Ayni vaqtda London klubi Bruno uchun 70 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor.
“Nyukasl” o‘z sardorini yo‘qotishni istamayapti va hatto u bilan yangi shartnoma imzolashga ham tayyor. Biroq Brunoning yoshi va uning qat’iy ravishda “Arsenal”ga o‘tish istagi “qarğalar”ni transferni ko‘rib chiqishga undamoqda.
Shunga qaramay, “Nyukasl” bu transfer tarixi butun yoz davomida cho‘zilib ketishini istamaydi. “Arsenal” esa 28 yoshli braziliyalikning transferi aynan boshlangan hafta davomida kelishib olinishiga umid qilmoqda.

Fikrlar