“Arsenal” va “Valensiya” ham Xedira uchun kurashga qo‘shildi

  • 26 iyul, 2019, 11:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi xavbeki Sami Xedira mavsumlar oralihida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda 32 yoshli germaniyalik futbolchi uchun  “Arsenal”, “Valensiya” va “Fiorentina” klublari ham kurashga qo‘shilishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xediraga “Vulverxempton”, “Fenerbaxche”, “Beshiktosh” va MLSning bir qator klublaridan ham qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ta’kidlash kerakki, Adrien Rabo va Aaron Remzilarning “Yuve”ga kelishi ortidan Xedirada zaxirada qolib ketish ehtimoli ancha yuqoriladi. Shu bois u jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!