"Arsenal" Vinisiusga "dahshatli" shartlar taklif qildi

  • 04.08.2026 08:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya nashri El Desmarque xabariga ko‘ra, "Arsenal" rahbariyati "Real" hujumchisi Vinisius Zhunior uchun 150 million yevro atrofida to‘lov taklif qilishga tayyor.

London klubi braziliyalik forvardga har mavsum uchun 30 million yevro maosh miqdorida shartnoma taklif etishni ham rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, manba ta’kidlashicha, klublar o‘rtasidagi jiddiy muzokaralar faqat bitta shart bajarilganda — Vinisiusning o‘zi jamoasini almashtirish istagini bildirsa — boshlanadi. 

Avvalroq futbolchi "Real" bilan yangi shartnoma muhokamalari doirasida huddi shunday miqdorda maosh so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!