"Arsenal" yangi himoyachi sotib oladi

  • 30.01.2020 15:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi qishki transferlar davrida himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda.

“Kanonirlar”ning bu boradagi e’tibori "Sautgempton" himoyachisi Sedrik Soareshga tushdi. Londonliklar portugaliyalik futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olishmoqchi. Transfer yaqin 24 soat ichida hal bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Soaresh “Sautgempton” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 138 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 10 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!