"Arsenal" yangi yarim himoyachi bo‘yicha muzokara boshladi
Ali Ahmadxo’jayev
«Arsenal» «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraeshni taxminan 70 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda.
Londonning "Arsenal" klubi "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraeshni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder jurnalist Gerri Yakob xabar berdi.
Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki mavsumga moʻljallangan. Transfermarkt portali Gimaraeshning transfer qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda.
Bruno Gimaraesh Angliya premer-ligasida jami 153 oʻyin oʻtkazgan. U shu vaqt ichida 30 ta gol urgan va 26 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Izohlar (0)