"Arsenal" "Yuventus"ga o‘z futbolchisi taklif qildi, biroq....
Londonning "Arsenal" klubi "Yuventus" forvardi Jonatan Devidni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "TuttoJuve" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, "kanonirlar" Turin klubiga Devidni Gabriel Jezusga almashtirishni taklif qilgan, biroq rad javobini olgan. Braziliyalik futbolchining ko‘p jarohat olishi "Yuventus" rahbariyatida jiddiy xavotir uyg‘otgan.
Eslatib o‘tamiz, Gabriel joriy mavsum Arteta qo‘l ostida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U mavsumdagi ko‘p uchrashuvlarni jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
Ma’lumot uchun, Devid joriy mavsum turinliklar safida 21 ta bellashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar