
"Arsenal"dan ketadigan 4 nafar futbolchi nomi e’lon qilindi
Londonning "Arsenal" klubi shu yozda amaldagi shartnomasi yakunlanishi munosabati bilan jamoani tark etadigan 4 nafar futbolchi nomini e’lon qildi.
Jumladan, braziliyalik himoyachi David Luizning londonliklar bilan shartnomasi shu oy o‘z nihoyasiga etadi.
Bundan tashqari, darvozabon Metyu Rayan va yarim himoyachilar - Dani Sebalos hamda Martin Edegor ijara muddati yakunlangani bois, o‘z jamoalariga qaytib ketadi.
"Arsenal" ortda qolgan mavsum premer-ligada 8-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, jamoa so‘nggi 25 yilda ilk bor evrokuboklarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita olmadi.
Fikrlar