
"Arsenal"ni yirik hisobda enggan "Chelsi" Evropa ligasi g‘olibi bo‘ldi
Unda Angliyaning "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib borishdi. Bokudagi "Olimpiyskiy" stadionida kechgan uchrashuvda "aristokratlar" 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Olive Jiru, Eden Azar (2 ta) hamda Pedrolar tomonidan kiritilgan gollarga "to‘pchilar" safida Ivobi bir bor javob qaytardi xolos.
Shu tariqa "Chelsi" o‘z tarixida ikkinchi bor Evropa ligasi g‘olibi bo‘ldi. "Ko‘klar" 2013 yilda ham Evropaning klublar miqyosidagi ikkinchi darajali kubogini qo‘lga kiritgan edi. "Arsenal" esa ikkinchi bor Evropa ligasi (UEFA kubogi) finalida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar