 
                “Arsenal”ning 88% muxlisi Vengerning ketishiga ovoz berdi
Londonning “Arsenal” klubi muxlislari – The Arsenal Supporters Trust guruhi har yilgi majlis oldidan so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerning ishida qolish-qolmasligi so‘ralgan.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 88 foizi Arsen Vergen “Arsenal”da ishini to‘xtatishi kerakligiga ovoz berdi. Respondentlarning atigi 7 foizi frantsiyalik mutaxassisning ishini davom ettirishini qo‘llab quvvatladi.
“Arsenal” APL 29-turidan keyin 45 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “To‘pchilar” chempionat etakchisi “Manchester Siti”dan 33 ochko, EChL yo‘llanmasini beruvchi o‘rindan 13 ochko ortda bormoqda.



Fikrlar