"Arsenal"ning sobiq futbolchisi "Luton Taun"ning yangi bosh murabbiyi deb tayinlandi!
"Arsenal" klubining sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir rasman "Luton Taun" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 33 yoshli Uilshirning yordamchisi sifatida Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi va murabbiyi Kris Pauell ishlaydi.
"Bu men uchun katta sharaf va baxt. Men 8 yoshimda ilk bor Lutonga kelganman. Endi esa murabbiylik faoliyatimni aynan shu erda boshlashim taqdirning o‘zi", — dedi Uilshir.
"Luton Taun" Angliyaning uchinchi divizioni — Birinchi ligada ishtirok etadi. Uilshir 2022 yilda jarohatlar sababli futbolchilik faoliyatini yakunlab, "Arsenal"ning yoshlar jamoasida murabbiylikni boshlagandi. O‘tgan mavsum u "Norvich Siti"ni boshqargan.
Avvalroq insayder Fabritsio Romano ham Uilshirning "Luton Taun"ni boshqarishi haqida xabar bergandi.
Fikrlar