Arteta : «Biz aynan shunday raqib bilan o‘ynashni xohlaymiz»
Mikel Arteta «Bavariya» salohiyatini yuqori baholab, bugungi Chempionlar ligasi oʻyinida faqat gʻalabaga intilishini aytdi.
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yin oldidan «Bavariya» jamoasining salohiyatini yuqori baholadi.
– «Bavariya» tarkibiga bir qarashning o‘ziyok yetarli. Jamoa murabbiylar shtabi tomonidan juda puxta tayyorlangan, o‘yinchilarning ruhiyati, har bir harakatdagi ishonchi yuqori. Shu bilan birga, futbolchilar individual mahorati hisobiga ham vaziyat yaratа olishadi. Bu ular urgan gollaridan, yaratgan imkoniyatlaridan yaqqol ko‘rinib turibdi. Biz aynan shunday raqibga qarshi maydonga tushishni istaymiz. Bu chaqiriqni qabul qilishga tayyormiz va faqat g‘alabaga intilgan holda o‘ynaymiz, – deya Arteta so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltiradi.
«Bavariya» – «Arsenal» uchrashuvi bugun, 21 oktyabr kuni, Chempionlar ligasi guruh bosqichining uchinchi turi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar (0)