Arteta: Chidolmasang, “Arsenal”dan yo‘qol!

  • 22.02.2026 15:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-liga chempionligi uchun kurash bilan bog‘liq bosimga dosh bera olmaydigan futbolchilarga jamoani tark etishni maslahat berdi.

“Arsenal” Premer-ligadagi so‘nggi ikki o‘yinini durang bilan yakunladi, oqibatda eng yaqin ta'qibchi – “Manchester Siti” oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirdi.

“Kanonirlar” avvalgi yillarda kuzatilganidak, chempionlikka erishish imkoniyatini yana boy berishi mumkinligi muxlisu mutaxassislar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinyapti.

-  Futbolchilarga shu savolni berish kerak: “Siz bu shov-shuvning bir qismi bo‘lishni istaysizmi? Yoki yo‘qmi?” Agar javobingiz yo‘q bo‘lsa, borib boshqa ish bilan shug‘ullaning.

Boshqa klubga o‘tasizmi yoki “Arsenal”da qolishni istaysizmi? 10–15 yil davomida hamma bizdan chempionlik uchun kurashga qaytishni talab qildi. Endi biz shu yerdaga yetgan vaqtimizda nimalar bo‘lmoqda? Siz bu shov-shuvlarni istamaysizmi?

Shov-shuv –  jarayonning bir qismi. Bizga qarata aytilgan tanqidlar ham shuning bir bo‘lagi. Biz buni to‘g‘ri tarzda engishga va maqsadimizga erishishga harakat qilamiz.

Qo‘limizdan kelgani ishni qilishimiz shart. Hech kim uchun bu jarayon boshqacha bo‘lmaydi. Oxir-oqibat, keyingi o‘yinda g‘alaba qozonishingiz kerak. Agar shuni qilsangiz, holatingiz ancha mustahkam bo‘ladi. Biz nazorat qila oladigan yagona narsa — shu, - dedi Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!