Arteta “Real” yulduzini olib ketmoqchi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi tarkibini “Real” tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuameni yordamida kuchaytirishni istayapti.
Todofichajes nashrining yozishicha, “kanonirlar” Tchuamenini jamoadan ketishi kutilayotgan Tomas Partiga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi.
Frantsiya terma jamoasi o‘yinchisini olish uchun londonliklar katta xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki Tchuameni bugungi kunda 100 million evroga baholanmoqda.
24 yoshli yarim himoyachi bir necha pozitsiyada samarali o‘ynay oladi. “Real” ham bu o‘yinchini qo‘yib yubormoqchi emas.
Tchuamenining madridliklar bilan hamkorligi 2028 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar