Arteta to‘rtta o‘yinchi bo‘yicha ma’lumot berdi
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida jamoadagi jarohat olgan futbolchilarning holati haqida ma'lumot berdi.
«Saliba? Kelasi hafta yana bir bor MRT tekshiruvidan o'tkazamiz, shunda tiklanish jarayonini aniqroq baholay olamiz. Hozircha barcha ko'rsatkichlar juda ijobiy. U yana safga qaytsa, jamoa uchun katta kuch bo'ladi.
Inkapye ham yaxshi tiklanyapti. Uning xarakteriga qarab, uni uzoq vaqt maydondan tashqarida qolib ketadi, deb o'ylamayman. Ammo, ehtimol, yana bir-ikki hafta kerak bo'ladi.
Subimendining ahvoli ham ancha yaxshilandi. Ertaga yana bir marta mashg'ulot o'tkazamiz va shundan so'ng uning «Nottingem Forest»ga qarshi o'yinga tayyor yoki yo'qligini baholaymiz.
Tsolisda hammasi juda yaxshi ketyapti. U takroriy MRTdan o'tdi – natijalar a'lo. Yana bir necha haftadan so'ng u ham jamoa ixtiyorida bo'ladi», – deya Arteta so'zlarini keltiradi «Gazeta.Ru».
Eslatib o'tamiz, yakshanba, 18 oktyabr kuni «Arsenal» safarda «Nottingem Forest» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar