Artetaga "Real Sosedad" futbolchisi kerak!
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Merinoni jamoaga olib kelmoqchi.
"Kannonirlar" bu yozda yangi yarim himoyachi qidirmoqdava ular Imanol Algusil qo‘l ostida bir necha mavsum o‘zini ko‘rsatgan ispaniyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Ispaniyaning "Sport" nashriga ko‘ra, Arteta shaxsan yarim himoyachini "Arsenal" bilan shartnoma imzolashga harakat qilyapti va 28 yoshli futbolchini rejalari qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
Merinoning "Real Sosedad" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan va "Arsenal" yarim himoyachini taxminan 25 million evro evaziga sotib olishga ishonmoqda. Ammo London klubi futbolchi uchun Xansi Flik qo‘l ostida qayta tiklanmoqchi bo‘lgan "Barselona" bilan qiyin raqobatga duch kelishadi.
Ma’lumot o‘rnida, 2017/18 yilgi mavsumni "Nyukasl"da o‘tkazdi va u erda Premer ligada 24 o‘yinda maydrnga tushdi.



Fikrlar