Artur Beterbiev: "Sport majmuasiga nomim berilishi - men uchun katta sharaf!"

  • 21 may, 16:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Taniqli bokschi Artur Beterbiev Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yangi universal sport markaziga uning nomini berishni taklif qilgani haqidagi xabardan hayratda ekanini ta’kidladi.

Tecno

"Bu men uchun kutilmagan hodisa va katta sharaf! Ramzan Axmatovichga qanday minnatdorchilik bildirishga hayronman. U har doim sportdagi kamtarona yutuqlarimni yuqori baholab kelgan! " — deb yozdi Artur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Grozniydagi yangi universal sport majmuasida birdaniga ikkita olimpiya sport turi: qilichbozlik va boks bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!