Arveladze yangi klubi uchun dastlabki xaridni amalga oshirgani aytilmoqda. U osiyolik!

  • 30 yanvar, 2022, 22:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Xall Siti” klubida ish boshlagan Shota Arveladze yangi jamoasi uchun dastlabki xaridni amalga oshirgani aytilmoqda. Garchi klub hali bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, lekin Turkiyada faoliyat ko‘rsatayotgan taniqli agentlardan biri Kova Tilavpur mazkur transfer xususida Sports.uz muxbiriga ma’lum qildi.

Eronlik hujumchi 21 yoshli Allaxyor Sayidmanesh “Xall Siti” bilan shartnoma imzoladi. U Turkiyaning “Fenerbaxche” klubiga tegishli edi. Angliya klubi esa hujumchini sotib olgani aytilmoqda. Transfer summasi taxminan 3 million evro atrofida.

post603390_a8f71_content

Sayidmanesh Eronning “Istiqlol” jamoasida faoliyat olib borgan. 2019 yili esa “Fenerbaxche” klubiga ko‘chib o‘tdi va ushbu jamoada to‘p surdi. Keyinchalik ijara asosida “Istanbulspor” va Ukrainaning “Zarya” klublarida o‘ynadi. Qolaversa, u Eron milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!