
Asensio: "G‘alabani qo‘ldan chiqarishimizga bir bahya qoldi"
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida "Valensiya" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Madridliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishdi.
"Bu unchalik ham oson o‘yin bo‘lmadi. G‘alabani qo‘ldan chiqarishimizga bir bahya qoldi. Finalga chiqishni xohladik, yana bir chempionlikni qo‘lga kiritmoqchimiz. Ikkinchi bo‘limga shiddatli ritm bilan kirishni xohladik, ammo "Valensiya"ning goli rejalarimizni barbod qildi. Bosim qilishda davom etdik va o‘yin har qanday stsenariy ostida kechishi mumkin edi. Biz penaltilar seriyasida g‘alaba qozonganimiz va yana bir finalda o‘ynashimizdan juda xursandmiz", - dedi Asensio.
Eslatib o‘tamiz, superkubok finalida "Real Madrid" "Barselona" - "Betis" juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. O‘yin 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar