Ashraf Hakimi Mbappeni ramziy jamoasiga qo‘shmadi

  • 26.09.2025 18:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi o‘z ramziy jamoasini tuzdi. 

Marokashlik himoyachi Yassin Bunu, o‘zi, Serxio Ramos, Paolo Maldini, Marselo, Zinedin Zidan, Ronaldino, Luka Modrich, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Ronaldoni qo‘shib, ramziy jamoasini tuzdi.

Shuningdek, futbolchi eng yaqin do‘sti hisoblangan Kilian Mbappeni tarkibga qo‘shmadi. Bu holatni esa shunday izohladi:

"Kilian – zo‘r futbolchi. U "Oltin to‘p"ni yutib olganida, asosiy tarkibga kiradi", – deb hazil qildi Hakimi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!