"Asian Juniors Cup 2025" turniri. Yoshlarimiz 20 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi

  • 07.07.2025 13:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Qozog‘istonning Olmota shahrida to‘rt kun davom etgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi o‘z yakuniga etdi. 

Musobaqaning so‘nggi ikki kuni yoshlar o‘rtasida bellashuvlar tashkil etildi. Yoshlarimiz ham xuddi kadetlar terma jamoamiz singari medallar jamg‘arish bo‘yicha tengsiz bo‘lishdi. 

Yosh dzyudochilarimiz "Asian Juniors Cup 2025" ning ikki kunlik bahslari yakuniga ko‘ra 8 ta oltin, 2 ta kumush, 10 ta bronza, jami 20 ta medal bilan 10 ta davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Kuchli uchlikdan Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari joy oldi.

Oltin medallar:
-52 kg: Sabina Azamatova 
-57 kg: Mohinur Allabergenova 
-60 kg: Muhammadjon Masharipov 
-73 kg: Inoyat Telmanov 
-78 kg: Shoira Aminova 
+78 kg: Durdona Nizomaddinova
-81 kg: Asrorbek To‘laganov 
-90 kg: Alisher Samanov 

Kumush medallar:
-48 kg: Mahfira Ro‘ziboeva 
-73 kg: Oybek Rajabov  

Bronza medallar:
-57 kg: Komila Boltaeva 
-60 kg: Pahlavon Mamasoliev
-63 kg: Adina Abilhashimova  
-70 kg: Tuygul Hamroeva 
-78 kg: Sevinch Mahmudjonova 
-81 kg: Arslonbek Qodirov  
-81 kg: O‘lmas Fatilloev
-90 kg: Sardorbek Erkinov 
-100 kg: Jonibek Pardaev
-100 kg: Daler Valeriev

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!