Asosiy mazmunga oʻtish

Asila Mirzayorovaga uy sovg‘a qilindi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Hokim sovrindorlarga kalitlarni topshirdi

XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Para engil atletika bo‘yicha T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etib, 28 yillik rekordni yangilagan olimpiada chempioni Asila Mirzayorova va Para dzyudo bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan Dovurxon Karomatov Qarshi shahrida tantanali kutib olindi.

Viloyat hokimi Murodjon Azimov Paralimpiya sovrindorlariga xonadon kalitlarini topshirdi.   

Avvalroq davlatimiz rahbarining qaroriga muvofiq oltin medal sohiblariga 200 ming AQSh dollari, Tahoe avtomobili, 2 qavatli kottej:
-  Kumush medal sohiblariga 100 ming AQSh dollari, BYD Song Plyus DM-I Champion Flagship  avtomobili va xonadon;
-  Bronza medal sohiblariga 50 ming AQSh dollari, BYD Song Plyus DM-I Champion Flagship  avtomobili va xonadon hadya qilingan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q