Asror Aliqulov: "VARdan foydalanish bizning tashabbusimiz va uning xarajatlarini klubimiz to‘lab bergan"

  • 29 avgust, 2024, 00:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” klubi pro liganing 18-turida o‘z maydonida “Sho‘rtan”ni qabul qildi va voha derbisidagi jangda maydon egalarining qo‘li baland keldi – 3:1. Bellashuvdan keyin “Mash’al” ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Derbida kurashlarga boy, muxlislarbop o‘yin kutilgandi. Biz ham shunga tayyorgarlik ko‘rgandik. Dastlabki daqiqadan “Sho‘rtan” jamoasi tomonidan bosim bo‘ldi. O‘ylaymanki, futbolchilar o‘yinni yaxshi boshlashdi, bosimga ko‘nikishdi. Yaxshi hujumlar qildik va raqibning bosimidan ko‘p holatlarda chiqib keta oldik. Keyinchalik “Sho‘rtan” taktik uslubini o‘zgartirdi. Baribir hisobda oldinga chiqdik. Umumiy olganda, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Qaysidir holatlarda yaxshi himoyalandik. “Sho‘rtan” oxirgi daqiqalarda yana bosimni oshirdi va bo‘ydor futbolchilar, hujumchilar sonini ko‘paytirdi. Yaxshi himoyalanib 3:1 hisobini saqlab qola oldik. Bu bilan muxlislarni, futbolchilarni va o‘yin tayyorgarligiga hissa qo‘shgan hammani g‘alaba bilan tabriklayman.

- G‘uzordagi “Sho‘rtan” – “Mash’al” uchrashuvi bahsli holat bilan yakunlangandi. Bugun birinchi marta VAR ishladi. Buning uchun klub tashabbus bilan chiqdimi yoki PFLning tashabbusimidi?

- VARdan foydalanish bu klubimiz tashabbusi bilan. Halol o‘yin va haqqoniy futbol. O‘tgan o‘yindan xulosa qildik va VAR kerakligini bosh direktorimiz tushunib etdi. Natijada VARni taklif qildi hamda uning xarajatlarini klubimiz to‘lab bergan. O‘ylaymanki, uchrashuv muxlislarimiz uchun ham qiziqarli va mazmunli bo‘ldi. Ko‘p qo‘polliklar bo‘lmadi. VAR bo‘lganligi bois agressiv holatlar kam bo‘ldi. Futbolchilar maydonda ko‘proq futbol o‘ynashdi.  

- Ko‘rdikki, harakat qilsa jamoa g‘alaba qozona oladi. G‘alabalar bardavom bo‘lishi uchun “Mash’al”ga nima kerak? Nima etishmayapti?

- Birinchi navbatda kuchli futbolchi hamma vaqt kerak. To‘p bizda bo‘lgan vaziyatda oddiy holatlarda xatoga yo‘l qo‘yyapmiz. Tasavvur qiling, qanotdan to‘p oshirildi, sekunddan keyin gol o‘tkazib yuboryapsiz. Ko‘p e’tibor qilamiz, ko‘p ishlaymiz. Futbolchilarni oddiy vaziyatlardagi xatolari pro ligadagi saviyasi va o‘yin amaliyoti kamligidan. Superligada ham ko‘plab jamoalarning himoyasida legionerlar to‘p surishyapti. O‘ylaymanki, o‘yinchilarga mahorat etishmayapti. O‘zini hurmat qilgan himoyachilar bunday holatlarda xato qilmasliklari kerak.

- Mahorat haqida gapiryapsiz. “Mash’al” hozir “Buxoro”dan keyin 2-o‘rinda turibdi va 3-o‘rindagi raqibini 7 ochkoga ortda qoldiryapti. “Mash’al” Superligaga yo‘l oladigan bo‘lsa, moddiy, texnik va tarkib jihatidan tayyor bo‘la oladimi?

- Moddiy jihatdan rahbariyat va bosh homiyimiz tarafidan hamma narsa muhayyo. Superligaga chiqsak ham bu jihatdan muammo bo‘lmaydi. Infrastrukturaga kelsak, stadion ta’mirlanyapti. “Mash’al”da infrastruktura etarli. Jamoaga keladigan bo‘lsak, futbolchilar Superligaga mos bo‘lishi uchun o‘sishi kerak. Baribir Superliga boshqa saviya, boshqa futbolchilar va boshqa temp. Pro ligada oddiy xatolarni kechirishi mumkin, ammo Superligada kechirishmaydi. U erda ochko olish juda qiyin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!