
"Atletiko" 2,5 oyga diskvalifikatsiya qilingan Tripperga o‘rinbosar topdi
"Arsenal" himoyachisi Ensli Meytlend-Naylz faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 23 yoshli futbolchiga "Atletiko"dan jiddiy qiziqish paydo bo‘lgan. “Matraschilar” uni 2,5 oyga diskvalifikatsiya qilingan Kiran Tripper o‘rniga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda.
Qayd etish lozimki, “kanonirlar” Enslini yozda “Vulverxempton”ga 25 million evroga sotmagan edi.
Meytlend-Naylz joriy mavsum “Arsenal” safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar