Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Atletiko» Brunu Fernandesni sotib olish bo‘yicha faollashdi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Atletiko» qishki transfer oynasida «Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandeshni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Madridning «Atletiko» jamoasi qishki transfer oynasidan foydalanib, «Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandeshni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 


Avvalroq ham madridliklar portugaliyalik yarim himoyachiga qiziqayotganini haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. O‘shanda ehtimoliy muzokaralar faqat yozgi transfer davrida amalga oshishi mumkinligi aytilgan. Endi esa vaziyat boshqacha tus olgan.

O‘tgan hafta Brunu Fernandesh «MYu» bosh murabbiyi Maykl Gerrikni «Komo»ga qarshi o‘yinda (1:4) hisobida qayd etilgan mag‘lubiyatdan so‘ng ochiq tanqid qildi.Angliya premer-ligasidagi «Bornmut»ga qarshi bahsda zahirada qoldirildi.


Bugun tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Gerrik va Fernandesh o‘rtasidagi kelishmovchilik ma’lum darajada bartaraf etilgan, natijada portugaliyalik futbolchi Angliya chempionatining navbatdagi turida «Chelsi»ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. Shu bilan birga, murabbiy va jamoa sardori o‘rtasidagi bu muammoning qanchaqacha davom etishi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q