"Atletiko" bu futbolchini 100 milliondan kamiga sotmaydi!

  • 14.04.2023 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumi ijara asosida “Chelsi”da o‘tkazayotgan hujumchi Joau Feliks “aristokratlar” safida qolishi mumkin, ammo buning uchun London klubi rahbariyati portugaliyalik futbolchining transferini “Atletiko”dan to‘liq sotib olishi kerak.

Marca xabariga ko‘ra, "Atletiko" rahbarlari har qanday holatda ham o‘z futbolchisini 100 million evrodan kamiga sotmaydi va bu boradagi takliflarni ham ko‘rib chiqmaydi. Qayd etilishicha, “Chelsi” Joauni olib qolishni qanchalik xohlayotganiga qaramay, transfer masalasida “matraschilar”ga hali birorta ham taklif yuborishmagan.

Eslatib o‘tamiz, Joau Feliks shu yilning yanvar oyidan buyon “Chelsi” tarkibida o‘ynamoqda. 23 yoshli hujumchi o‘tgan vaqt mobaynida jami 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali uning narxini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!