Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

ATP. Dramatik kechgan yarim finalda Jokovich mag‘lub bo‘ldi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Ilk finalchi bilan tanishing.

London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. 7-kunning navbatdagi bahsi ilk finalchi nomiga oydinlik kiritib berdi.

Jahon tasnif jadvali etakchisi Novak Jokovich final ostonasida o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Musobaqaning 3-tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi, avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqqan Jokovich katta qiyinchilikka duch keldi.

Ilk set 12 geymdan iborat bo‘ldi va unda Timning qo‘li baland keldi. Ikkinchi va uchinchi setlarda tay-brekka murojaat qilgan tomonlar g‘olib nomini tennis lotereyasida aniqlashdi. Dramatik kechgan uchrashuv avstriyalikning 7:5, 6:7(10:12), 7:6(7:5) hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q