Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

"Australian Open": Jokovichning finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Final super darajada o‘tishi aniq!

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" chempionatining yakkalik bahslarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Bugun erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda ikkinchi yarim final uchrashuvi o‘tkazildi.

Turnirning 4-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Daniil Medvedev reytingda o‘zidan bir pog‘ona pastdagi Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqdi. 3 set davom etgan o‘yin rossiyalik Medvedevning 6:4, 6:2, 7:5 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Endi Daniil bosh sovrin uchun turnirning birinchi raqamli raketka ustasi Novak Jokovichga qarshi bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q