Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Australian Open. Novak Jokovich chempion!

Shahzod
Izohlar: 0

Bugun Avstraliya ochiq chempionati erkaklar o‘rtasidagi bahslarida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mukofot jamg‘armasi 43 mln AQSh dollarini tashkil etadigan turnir finaliga serbiyalik Novak Jokovich va avstriyalik Dominik Timlar etib kelishdi. Hal qiluvchi uchrashuv qiziqarli va tomoshabop o‘tdi. 

4 soat 3 daqiqa davom etgan bellashuvda Jokovich 6:4, 4:6, 2:6, 6:3 va 6:4 hisobida g‘alabaga erishdi va musobaqaning bosh sovrinini o‘ziniki qildi. 

Shu tariqa, 32 yoshli raketka ustasi faoliyatida 17-marta "Katta dubulg‘a" turnirida zafar quchdi. Shularning naqd 8 tasi Avstraliya ochiq chempionatiga to‘g‘ri keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q