
Avstraliya bosh murabbiyi: "Shovqin bo‘lgani sabab bizda bosim bo‘ldi, mashg‘ulotlar o‘tkazishda ozroq muammolarga duch keldik"
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Avstraliya uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad vakillarimizga kulib boqdi - 5:4. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida avstraliyaliklar bosh murabbiyi Trevor Morgan ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"O‘zbekistonni g‘alaba bilan tabriklayman! Bizda ajoyib tarkib bor edi. Ammo natija biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Jahon chempionatiga chiqish uchun ajoyib imkoniyatimiz bor edi.
Shovqin bo‘lgani sabab bizda bosim bo‘ldi. Muxlislar O‘zbekistonni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatladi. Bunga qoyil qolish kerak, albatta.
Shak-shubhasiz, natijadan qoniqmadik. Biz bundan yaxshirog‘iga munosib edik.
Mashg‘ulotlar o‘tkazishda ozroq muammolarga duch keldik. Buni ham gapirib o‘tishim kerak. Umuman olganda esa tashkilotchilik yaxshi.
Bu futbol. Minglab imkoniyatlar yaratishingiz mumkin. Biroq bitta gol ura olmasangiz, hammasi befoyda", - dedi mutaxassis.
Fikrlar