"Ayaks" bugunning o‘zida ikkita uchrashuvda maydonga tushadi
Niderlandiya chempionlari yangi 2020/21 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Bugun xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida ular bir emas ikki uchrashuvda maydonga tushadigan bo‘lishdi.
Dastlab, Toshkent vaqti bilan 17:00 da "Xolshtayn" klubi bilan bahs olib boriladi. Kechroq, soat 22:00 da amsterdamliklar "Gerta" sinovidan o‘tadi.
Shu orqali, Erik Ten Xag shogirdlarini kelgusi mavsumda duch kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan tig‘iz taqvimga tayyorlab olishni rejalashtirgan.
Fikrlar