"Ayntraxt" Luka Yovichning transferini to‘liq sotib oldi
“Ayntraxt” klubi “Benfika”dan ijaraga olgan hujumchisi Luka Yovichning transferini to‘liq sotib oldi va u bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda frankfurtliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli serbiyalik futbolchi nemis klubi safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 40ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 25ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Yovich ayni damda Evropaning top klublari e’tiboriga tushgan. Unga ayniqsa "Barselona" va "Real" jiddiy qiziqib qolgan.



Fikrlar