
Azarenko: "O‘yinimiz uning foydasiga o‘zgarishi mumkin edi, ammo jarohati xalal berdi"
"US Open" finalchisi Viktoriya Azarenko Darya Kasatkina bilan Rimda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda raqibasining olgan jarohati haqida fikr bildirdi:
«Ha, bu juda yomon bo‘ldi. Darya uchun juda afsusdaman, chunki biz juda yaxshi o‘ynayotgan edik. U iste’dodli tennischi va har doim katta yutuqqa bir qadam qolganida pand eydi. Nazarimda bizning o‘yinimiz uning foydasiga o‘zgarishi mumkin edi, ammo jarohati xalal berdi.
Bu holat uning uchun burilish nuqtasi bo‘lishiga umid qilaman. Darya juda kuchli qiz, u kuchli xarakterga ega. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Umid qilamanki, u "Roland Garros" boshlangunga qadar o‘zini tiklaydi"
Fikrlar