
Aziz Asimov Iordaniya chempionatidagi muhim o‘yinni boshqaradi
Iordaniya futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko‘ra, FIFA hakamlarimiz — Aziz Asimov (bosh hakam), Alisher Usmonov (birinchi yordamchi hakam), Sanjar Shoyusupov (ikkinchi yordamchi hakam) va Rustam Lutfullin (to‘rtinchi hakam) Iordaniya Professional ligasining 21-turidan o‘rin olgan "Al-Vihdat" - "Al-Faysali" uchrashuvini boshqaradi.
Ushbu jamoalar hozirda turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Tabiiyki, o‘yin keskin kurashlarga boy bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuv 28 oktyabr kuni 21:30 (Toshkent vaqti bilan) da boshlanadi.
Iordaniya professional ligasi, 21-tur
"Al-Vihdat" - "Al-Faysali"
Aziz Asimov
Alisher Usmonov
Sanjar Shoyusupov
Rustam Lutfullin.
O‘zFHM matbuot xizmati
Fikrlar