
Azizbek Amonov: "Terma jamoada gol urishni yoshligimdan orzu qilib kelaman"
Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida Malayziyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib 5:1 hisobida g‘alaba qozonganidan xabaringiz bor.
O‘yinning 79-daqiqasida Xusayn Norchaev o‘rniga maydonga tushgan “Lokomotiv” futbolchisi Azizbek Amonov 87-daqiqada terma jamoamizning uchrashuvdagi beshinchi goliga mualliflik qildi va shu tariqa o‘yinga nuqta qo‘ydi.
“Lokomotiv” klubi matbuot xizmati Amonovdan kun iqtibosi sifatida terma jamoamizning kechagi o‘yindagi ilk goli haqidagi fikrlarini bayon etdi.
“Terma jamoa sha’nini himoya qilish har bir sportchining orzusi hisoblanadi. Terma jamoada gol urishni yoshligimdan orzu qilib kelaman. Xudoga shukr, shu kunga etdim. Endi termamiz tarkibida ko‘proq gollar urishga harakat qilaman. Hali barchasi oldinda”.
Fikrlar